Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Eronga qurol yetkazib bergan mamlakatlarga sanksiyalar kiritilishi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi
Ta'kidlanishicha, Trampning farmoni Eronning qurol sotishini ham, bu mamlakatga qurol eksportini ham taqiqlaydi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga qurol-yarog‘ yetkazib beruvchilarga nisbatan sanksiyalar kiritilishi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Robert O'Brayyen ma'lum qildi.
"Bugun prezident Eronning yadroviy texnologiyalar, ballistik raketalar ishlab chiqarish texnologiyalari va oddiy qurollarga ega bo‘lishini cheklash bo‘yicha qat'iy choralar qabul qildi", - dedi O'Brayyen ushbu farmon to‘g‘risida ma'lum qilarkan.
Uning ta'kidlashicha, Trampning farmoni Eronning qurol sotishini ham, bu mamlakatga qurol eksportini ham taqiqlaydi.
O'Brayyenning so‘zlariga ko‘ra, Tramp ma'muriyati shuningdek, Eronning yadroviy qurol ishlab chiqish dasturiga aloqador 27 tashkilot va shaxslarga nisbatan ham sanksiya va cheklovlar kiritadi.
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo shanba kuni BMTning Eronga qarshi sanksiyalari tashkilotning qarshiligiga qaramasdan yana kuchga kirganini e'lon qildi. Pompeo sanksiyalarga rioya qilmagan mamlakatlar AQShning bir tomonlama harakatlariga duch kelishini aytdi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025