Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga 15 dekabrgacha imtiyozlar beriladi
Fuqarolarga nisbatan ma'muriy chiqarib yuborish, deportatsiya qilish, ilgari berilgan vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma, yashash uchun ruxsatnoma, ishlash uchun ruxsatnoma va patentni bekor qilish, shuningdek Rossiyaga kirishni taqiqlash kabi choralar qo‘llanilmaydi.
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida bir qator masalalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazish va aniq kelishuvlarga erishish maqsadida O‘zbekiston bosh vaziri maslahatchisi M.Xayriddinov boshchiligidagi delegatsiyaning tashrifi doirasida Rossiya ichki ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari, politsiya general-polkovnigi A.Gorov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga ko‘ra, uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi hududidagi o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining holati, xususan, Rossiya prezidentining amal qilish muddati uzaytirilishi rejalashtirilayotgan 2020 yil 18 apreldagi “Rossiya Federatsiyasidagi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holatini yangi koronavirus infeksiyasi keng tarqalishi xavfi munosabati bilan tartibga solish bo‘yicha vaqtinchalik chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 274-sonli farmoniga alohida urg‘u berildi.
Rossiya tomonining ma'lum qilishicha, ushbu farmonga muvofiq, Rossiya hududida nolegal bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari ro‘yxatdan o‘tish va ruxsat beruvchi boshqa hujjatlarning amal qilish muddati tugashidan (15 martgacha yoki undan keyin) qat'i nazar yashash manzili bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi IIV organlariga murojaat qilib, 2020 yilning 15 dekabriga qadar mamlakatda bo‘lishni qonuniylashtirishi mumkin.
Fuqarolarga nisbatan ma'muriy chiqarib yuborish, deportatsiya qilish, ilgari berilgan vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma, yashash uchun ruxsatnoma, ishlash uchun ruxsatnoma va patentni bekor qilish, shuningdek Rossiyaga kirishni taqiqlash kabi choralar qo‘llanilmaydi.
Shu munosabat bilan, Rossiya hududida nolegal holatda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini berilgan huquqlardan foydalanib, mamlakatda bo‘lishini qonuniylashtirishga chaqiramiz, deyiladi agentlik xabarida.
Mavzuga oid
23:26 / 19.05.2025
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025