Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiyaning koronavirusga qarshi ikkinchi vaksinasi tez orada ro‘yxatdan o‘tkazilishini ma'lum qildi
Rossiyada koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan ikkinchi vaksina tez orada ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin senatorlar oldidagi nutqida ma'lum qildi.
Putin nutqi davomida rossiyalik olimlar dunyoda birinchi bo‘lib “koronavirusdan himoyalay oluvchi” vaksinani yaratishganini eslatib o‘tgan. “Darvoqe, tez orada koronavirusga qarshi ikkinchi vaksina ro‘yxatdan o‘tkaziladi”, deb qo‘shimcha qilgan Rossiya prezidenti.
Putinning ta'kidlashicha, oxirgi oylarda Rossiyada sog‘liqni saqlash tizimi imkoniyatlari koronavirusga va mavsumiy shamollash kasalliklari ko‘payishiga qarshi kurashish uchun sezilarli oshgan.
Bir kun avval Rossiya prezidenti BMT xodimlariga Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi bilan bepul va ixtiyoriy ravishda emlanishni taklif qilgandi.
Putin Rossiyada ishlab chiqilgan birinchi vaksina “Sputnik V”ning ro‘yxatdan o‘tkazilishini 11 avgustda e'lon qilgandi.
Ikkinchi vaksina “EpiVakKorona” deb nomlanib, u Rospotrebnadzorning “Vektor” davlat virusologiya va biotexnologiya ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan. Vaksina hozirda klinik sinovlardan o‘tkazilmoqda va uni 15 oktyabrda ro‘yxatdan o‘tkazish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025