Jahon | 14:43 / 23.09.2020
3813
2 daqiqa o‘qiladi

Snouden AQSh hukumatiga 5 mln dollar to‘lashga rozi bo‘lganligi to‘g‘risidagi xabarni rad etdi

 AQSh hukumati Snoudenning “Shaxsiy hujjat” (Permanent Record) deb nomlangan kitobi sotuvidan tushgan barcha daromad Amerikaga tegishli deb hisoblamoqda.

Foto: EPA-EFE/MIGUEL A. LOPES

AQSh maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snouden AQSh hukumatiga 5 mln dollar to‘lashga rozi bo‘lganligi to‘g‘risida CNN telekompaniyasi tarqatgan xabarni rad etdi. 

 "SNN bu ma'lumotni mutlaqo noto‘g‘ri bergan. Men bunga rozi bo‘lmaganman. Men mamlakat tashqarisida ekanman, senzura to‘g‘risidagi qaror ijro kuchiga ega bo‘lmaydi, menda har qanday holatda ham hech qachon buncha pul bo‘lmagan", - deb yozdi Snouden o‘zining Twitter sahifasida.

 Dushanba kuni CNN Edvard Snouden kitobi sotilishi va ommaviy chiqishlaridan olgan 5 mln dollardan ko‘proq mablag‘ni AQSh hukumatiga to‘lab berishga rozi bo‘lgani to‘g‘risida xabar qilgandi.

 Telekompaniyaning ta'kidlashicha, AQSh hukumati Snoudenning “Shaxsiy hujjat” (Permanent Record) deb nomlangan kitobi sotuvidan tushgan barcha daromad Amerikaga tegishli deb hisoblamoqda. Adliya vazirligi Snoudenni “maxfiy axborotni oshkor qilmaslik” majburiyatini buzganlikda ayblagan va uning ustidan sudga arz qilgan.

 Ta'kidlanishicha, Snouden o‘z kitobi sotilishidan 4,2 mln dollar hamda 56 marta pullik chiqish qilganidan 1,03 mln dollar daromad olgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid