Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadada koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlangani ma'lum qilindi
Kanadada koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuz bermoqda va u mamlakat aholisi bahorda duch kelgan infeksiyaning birinchi to‘lqinidan yomon bo‘lishi mumkin. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Jastin Tryudo aholiga maxsus murojaatida aytib o‘tdi.
Uning ta'kidlashicha, koronavirus sababli mamlakatda 13 mart kuni lokdaun e'lon qilinganda kuniga 47 ta yangi kasallanish qayd qilingan bo‘lsa, 22 sentyabrning o‘zida bunday holatlar mingdan ko‘proqni tashkil qilgan. “Kuzda vaziyat bahordagidan ancha yomon bo‘lishi mumkin”, deb ogohlantirgan Tryudo.
Bosh vazirning ta'kidlashicha, ushbu vaziyatni o‘zgartirish mumkin, biroq buning uchun Kanadaning barcha aholisi niqoblar taqishi, ijtimoiy masofaga rioya qilishi va grippdan emlanishi zarur. “Birgalikda ikkinchi to‘lqinni nazorat ostiga olishga qodirmiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Tryudo. Bosh vazir Kanadada oktyabrda nishonlanadigan Shukronalik kunini katta ko‘lamda o‘tkazishning iloji bo‘lmasligi, biroq Rojdestvoda buning imkoni bo‘lishi mumkinligini” aytgan.
Kanadada sentabr boshidan koronavirusga chalinish holatlari keskin ko‘payib ketdi. 17 sentyabrda esa mingdan ko‘proq yangi kasallanish holati qayd etilgan, bu esa mamlakat uchun may oxiridan beri rekord ko‘rsatkich bo‘lgan.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
18:03 / 27.05.2025
Kanada parlamentining yangi spikeri lavozim kursisiga majburan o‘tqazildi
20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
00:45 / 22.05.2025