Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashabbus bilan chiqqan davlat birinchi o‘rinda o‘z xalqi oldida minimum majburiyatlarni oladi – Senat raisi prezidentning BMTdagi takliflari haqida
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva prezident Shavkat Mirziyoyevning BMTning 75-sessiyasida pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeks ishlab chiqish taklifini juda dolzarb deb atadi.
«Davlat rahbari o‘z nutqida Markaziy Osiyo va Afg‘onistonga tegishli muammolarni ko‘tardi va ularni hal qilish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surdi. Kechagi nutq hali juda ko‘p rezonans beradi, bu bo‘yicha butun dunyo ekspertlari tomonidan juda ko‘p muloqotlar qilinadi», dedi Senat raisi «O‘zbekiston xalqaro maydonda» mavzusidagi sessiyada..
Tanzila Norboyeva davlat rahbarining pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeks ishlab chiqish taklifiga to‘xtalib o‘tib, O‘zbekistonda oxirgi yillarda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohada islohotlar qilinmaganda davlat koronavirus pandemiyasiga tayyor bo‘la olmasligini aytib o‘tdi.
«Pandemiya davrida eng asosiysi, aholining kam ta'minlangan qismi - ayollar, yoshlarni moddiy qo‘llab-quvvatlab ishlari juda manzilli shaklda olib borildi.
Hamma davlatlar sarosimaga tushgan bu davrda biz tomonimizdan bunday kodeksni qabul qilishning taklif qilinishi juda dolzarb bo‘ldi», dedi u.
Senat raisining hujjat loyihasini ishlab chiqish ham tashabbus ko‘rsatgan davlatga topishirilishi mumkinligini, tashabbus bilan chiqqan davlat birinchi o‘rinda o‘z xalqi oldidagi minimum miqdordagi majburiyatlarni olishini qayd etib o‘tdi.
«Shuning bilan birga, hujjatda «men o‘z aholimni mana shunday ijtimoiy himoya qilaman, men pandemiyaning oldini olishda mana shu choralarni amalga oshiraman va bu bo‘yicha mana shu natajalarga erishaman degan minimum talablar ham aks ettiriladi», dedi u.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston rahbari BMTning 75-sessisiyada so‘zga chiqib, qator takliflarni ilgari surgan edi.
Mavzuga oid
10:03 / 28.05.2025
Yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga “aqlli” hisoblagich tizimi o‘rnatiladi
21:22 / 27.05.2025
2025 yilda 1619 km ichimlik suv tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan
18:30 / 27.05.2025
Shavkat Mirziyoyev YUNISEF ijrochi direktori bilan uchrashdi
12:30 / 27.05.2025