Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyaning davlat qarzi rekord miqdorga yetdi
Mamlakat iqtisodiyoti 2020 yilning ikkinchi choragida birinchi chorakdagiga nisbatan 13,8 foizga qisqardi.
Fransiyaning davlat qarzi YaIMning 114,1 foizini tashkil etib rekord miqdorga yetdi, deb xabar bermoqda mamlakat statistika va iqtisodiy tadqiqotlar milliy instituti (Insee).
Fransiya 1995 yildan buyon eng yirik davlat qarziga duch keldi. Pul bilan hisoblaganda uning qarzi 2,6 trillion yevroni tashkil etmoqda.
Xarajatlar koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurash choralarini moliyalashtirish bilan bog‘liq. Masalan, hukumat texnik ishsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lash dasturiga mablag‘ ajratdi.
Mamlakat iqtisodiyoti 2020 yilning ikkinchi choragida birinchi chorakdagiga nisbatan 13,8 foizga qisqardi. Bu 70 yil ichidagi rekord pasayish hisoblanadi. Birinchi chorakda pasayish 5,9 foizni tashkil etgandi.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025