O‘zbekiston | 00:00 / 26.09.2020
35811
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: O‘zbekistonda kasallanish holatlari soni 54 mingdan oshdi

25 sentabr kuni O‘zbekistonda 496 kishida koronavirus aniqlanib, 513 kishi tuzalgani tasdiqlandi. Kunlik kasallanish ko‘rsatkichi so‘nggi haftalarda ilk marta 500dan kam bo‘ldi.

Rasmiy statistikada jami holatlar soni 54 mingdan oshdi: hozirgacha 54 462 kishida koronavirus aniqlangan. Ulardan 50 954 nafari tuzalgan.

Qurbonlar soni kamida 3 nafarga ortib, SSV statistikasi bo‘yicha 450 nafarga yetdi.

Yangi holatlar (+496)
Kun davomida respublikaning 7 hududida tana harorati ko‘tarilgani hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

  • Toshkent shahrida 363 holat;
  • Toshkent viloyatida 89 holat;
  • Samarqand viloyatida 16 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 9 holat;
  • Andijon viloyatida 9 holat;
  • Xorazm viloyatida 6 holat;
  • Qoraqalpog‘istonda 4 holat.

Tuzalganlar (+513)
Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Navoiy hamda Samarqand viloyatlarida jami 513 nafar bemor tuzaldi va shu vaqtgacha koronavirusdan forig‘ bo‘lganlar soni 51 mingga yaqinlashdi.

  • Toshkent shahrida 311 nafar;
  • Toshkent viloyatida 81 nafar;
  • Namangan viloyatida 35 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 35 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 19 nafar;
  • Andijon viloyatida 12 nafar;
  • Navoiy viloyatida 10 nafar;
  • Samarqand viloyatida 6 nafar;
  • Qoraqalpog‘istonda 4 nafar bemor tuzaldi. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi bugun vafot etgani tasdiqlangan uch nafar bemor haqida ham hech qanday qo‘shimcha ma'lumot bermadi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3 058 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 718 nafari og‘ir, 289 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid