O‘zbekiston | 17:57 / 27.09.2020
46440
1 daqiqa o‘qiladi

Namangan viloyatining yangi hokimi Namangan City loyihasini bekor qildi - video

Namangan viloyatiga yangi tayinlangan hokim Shavkat Abdurazzoqov 27 sentabr kuni kelgusida viloyatda amalga oshiriladigan bunyodkorlik loyihalari bilan tanishdi va aholi vakillari bilan uchrashdi.

Kun.uz muxbiri xabar berishicha, «Guliston» mahallasida barpo etilishi kerak bo‘lgan Namangan City loyihasi bekor qilingan. Viloyat hokimi mahalliy aholini xotirjam qilib, ular o‘z uylarini ta'mirlashlari mumkinligi, bu yerda hech qanday buzilish ishlari olib borilmasligini aytdi. Mahalla yo‘li ta'mirlanib, ko‘chalarga yoritish chiroqlari o‘rnatilishi ham ma'lum qilindi.

Viloyat hokimi yangi shahar qurilishi Namangan shahriga tumanlardan qo‘shib berilgan yangi yerlarda amalga oshirilishini ma'lum qilgan.

Shavkat Abdurazzoqov shu kunning o‘zida Namangan shahridagi «Yuksalish» mahallasi hamda «Orzu» kichik sanoat zonasidan To‘raqo‘rg‘on tumaniga olib chiquvchi yangi yo‘l o‘tadigan hududda ham bo‘lgan.

Yangi quriladigan yo‘l bo‘yida «Smart city» loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Mavzuga oid