Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Ozarboyjonni qo‘llab-quvvatlashini ta'kidladi
Turkiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Armaniston Ozarboyjonning bosib olingan yerlarini zudlik bilan bo‘shatishi mintaqadagi tinchlik va barqarorlikka yo‘l ochadi.
Armanistonning Tog‘li Qorabog‘ va Ozarboyjonning tutash tumanlarini bosib olishidan boshlangan inqirozga chek qo‘yish vaqti keldi, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston Ozarboyjonning bosib olingan yerlarini zudlik bilan bo‘shatishi mintaqadagi tinchlik va barqarorlikka yo‘l ochadi.
«Ozarboyjonning sabri tugadi va Boku o‘z kuchi bilan arman istilosiga nuqta qo‘yadi», - dedi Erdo‘g‘an.
Erdo‘g‘an Turkiya do‘st va birodar Ozarboyjonni qat'iyat bilan qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta'kidladi.
Eslatib o‘tamiz, 27 sentabr kuni tongda Tog‘li Qorabog‘da Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida harbiy ziddiyat yana tiklandi. Ikki mamlakatda ham harbiy holat e'lon qilingan.
Mavzuga oid
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025