Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda tashqi savdo yuklarining bojxona nazorati ostidagi tashuvlari soddalashtiriladi
Mamlakatning transport logistika salohiyatini kengaytirish, tranzit jozibadorligini oshirish hamda tashqi savdo yuklarining bojxona nazorati ostidagi tashuvlarini soddalashtirish, shuningdek tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish maqsad qilingan.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida tashilayotgan tashqi savdo yuklarining bojxona nazorati ostidagi tashuvlarini soddalashtirish, shuningdek tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Bojxona nazorati ostida avtomobil yo‘llari orqali tashilayotgan tovarlarning bojxona hamrohligidagi kuzatuvini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlanadi.
Bojxona hamrohligida kuzatib boriladigan tovarlar va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi jo‘natuvchi hamda manzil bojxona postlarida, shuningdek qabul qilish-topshirish punktlarida ustuvor tartibda amalga oshirilishi ta'minlanadi.
Belgilanishicha, 2020 yil 1 noyabrdan boshlab:
bojxona to‘lovlari to‘lanishi ta'minlanganda, tirik hayvonlar bojxona nazorati ostida tashilayotgan transport vositalari bojxona hamrohligidagi kuzatuvdan ozod etiladi;
qo‘l yuki sifatida bojxona nazorati ostida tashilayotgan chet el tovarining bojxona hamrohligidagi kuzatuvi, bojxona chegarasi orqali amalda olib o‘tayotgan shaxsning javobgarligi ostida, tasdiqlanayotgan nizom talablariga muvofiq, ushbu shaxsga tegishli yoki u tomonidan ijaraga olingan (yollangan) yoxud boshqa transport vositasida amalga oshirilishiga istisno tariqasida ruxsat etiladi;
Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida taqdim etilgan bojxona to‘lovlari to‘lanishi ta'minlangan summasi qabul qilinmaganda, bojxona posti xodimi tomonidan shu vaqtning o‘zida Yagona davlat interaktiv xizmatlari portali orqali rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda, vakolatli shaxsni xabardor qilish mexanizmi joriy etiladi.
Chet el tovarlarini tashish jarayonida bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta'minlashni vakolatli shaxslar bilan real vaqt rejimida interaktiv shaklda o‘zaro hamkorlik asosida hisobga olish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 20 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida tashilayotgan tovarlarni bojxona tomonidan nazorat qilishni kuchaytirish to‘g‘risida” 239-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.
Mavzuga oid
11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida
11:23 / 25.02.2025
Xalqaro avtobus qatnovlarida yo‘lovchi ma’lumoti bojxona postiga oldindan yetkaziladi
20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin
09:31 / 21.02.2025