Jahon | 14:59 / 30.09.2020
3037
1 daqiqa o‘qiladi

Shell 9000 nafargacha xodimini ishdan bo‘shatadi

Ma'lumotlarga ko‘ra, hozirda kompaniyada 83 mingga yaqin kishi ishlaydi.

Foto: REUTERS/Toby Melville

Royal Dutch Shell britan-niderland kompaniyasi 2022 yil oxirigacha 7000-9000 xodimini ishdan bo‘shatishini e'lon qildi.

Xususan, 2020 yil oxiriga qadar Shell 1500 nafar xodimini o‘z xohishlariga ko‘ra ishdan bo‘shatadi.

FactSet ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda kompaniyada 83 mingga yaqin kishi ishlaydi.

Shell kompaniyasining bayonotiga ko‘ra, tashkiliy tuzilmani soddalashtirish choralari 2022 yilga kelib yiliga 2-2,5 mlrd dollar mablag‘ tejalishiga yordam beradi.

Yil boshidan buyon kompaniya kapitalizatsiyasi 55 foizga pasaygan.

Mavzuga oid