Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyenevada dunyo bo‘yicha eng yuqori qiymatdagi eng kam ish haqi to‘lanadi
Shveytsariyaning Jyeneva kantonida eng kam ish haqi (EKIH) kiritilishi aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Ushbu kantonda 17 oktyabrdan EKIH soatiga 23 shveysar franki (25 dollar) yoki yiliga 49 ming frank (53,4 ming dollar) miqdorida o‘rnatiladi. Bu esa dunyodagi eng yuqori EKIH bo‘ladi.
EKIHning kiritilishi Jyenevada 2 marta – 2011 va 2014 yillarda ovozga qo‘yilgan, biroq o‘shanda aholi bunga qarshi chiqqan. Endi esa ushbu tashabbusni 54 foiz aholi qo‘llab-quvvatlagan. Aholining bu boradagi fikri o‘zgarishi pandemiya va ertangi kunga ishonchi yo‘qolgani bilan bog‘lanmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, shveysariyaliklarning o‘rtacha yillik daromadi 57,4 frankni (62,6 ming dollar), Jyenevada bir kishining yashashi qiymati (uy-joy ijarasisiz) yiliga 17,3 ming frankni (18,9 ming dollar) tashkil qiladi. Shahar markazida bir xonali kvartiraning ijara haqi esa yiliga 21 ming frank atrofida (22,9 ming dollar) turadi.
Mavzuga oid
14:10 / 26.05.2025
Shveytsariya G‘azoga yordam fondiga nisbatan tekshiruv boshladi
01:40 / 15.05.2025
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
21:20 / 09.05.2025
Shveytsariyada qo‘shnisining mushugiga ovqat bergan ayol sud qilinmoqda
23:08 / 24.04.2025