Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada ish beruvchilar xodimlarning uchdan bir qismini masofadan turib ishlashga o‘tkazadi
Rossiya poytaxti Moskvada 5 oktyabrdan boshlab masofadan turib ishlashga o‘tish majburiy bo‘ladi. Bu haqda shahar meri Sergey Sobyaninning blogida xabar qilindi.
Sobyaninning tegishli farmoniga binoan, ish beruvchilar kamida 30 foiz xodimlarni masofadan turib ishlashga o‘tkazishlari shart.
Shuningdek, 65 yoshdan oshgan va surunkali kasalliklarga chalinganlarning hammasini masofadan ishlashga o‘tkazish zarur. «Ish joyida mavjudligi tashkilot faoliyati uchun juda muhim bo‘lganlar»ga istisno qilinishi mumkin.
Masofadan turib ishlashga o‘tish talabi mudofaa korxonalari, «Rosatom», «Roskosmos» korxonalari va ushbu korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi «elektron texnik sanoat» kompaniyalariga taalluqli emas.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
14:35 / 08.05.2025