O‘zbekiston | 15:43 / 01.10.2020
2587
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston elektron tijorat sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirmoqchi

O‘zbekistonda elektron tijorat sohasida statistik hisoblar va soliq solish tizimlari qonunchiligini yanada takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish mo‘ljallanmoqda.

2020-2021 yillarda iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni tiklash va davom ettirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da aytilishicha, tahliliy-axborot va chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.

Qayd etilishicha, ularda elektron tijorat sohasida normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish nazarda tutiladi.

Bajarish muddati - 2021 yil oktabr, ijro uchun mas'ullar - Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar. 

Avvalroq, yuridik ahamiyatga ega hujjatlarni hisobga olish yagona milliy tizimi joriy etilishi xabar qilingandi

Mavzuga oid