Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda 147 mln so‘mlik chorva mollarni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a,b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida 38 yoshli B.K. 2019 yilning iyul oyidan 2020 yiling may oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida 5 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ulardan jami narxi 147 925 500 so‘m bo‘lgan chorva mollarini pullarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olishini va'da qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, bu shaxs chorva mollarni aldash yo‘li bilan qo‘lga kiritib, bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Qamashi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan B.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a,b” bandlari (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash choralari ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025