Jahon | 18:43 / 02.10.2020
6992
1 daqiqa o‘qiladi

Belarus Yevropa ittifoqi, Britaniya va Kanadaga qarshi javob sanksiyalari kiritdi

Belarus Yevropa ittifoqi, Britaniya va Kanadaning mansabdor shaxslariga qarshi javob sanksiyalari kiritdi. Avvalroq London va Ottava Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko va belaruslik 7 nafar, Yevropa ittifoqi esa 40ga yaqin amaldorga qarshi sanksiyalar kiritgandi.

Foto: URA.RU

Belarus tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Anatoliy Glazning ma'lum qilishicha, Britaniya va Kanada 2006 yilda ham Minskka qarshi sanksiyalar kiritgan, biroq ular hech qanday samara bermagach, oxir natijada bekor qilingan.

2 oktyabrda Yevropa ittifoqi Belarusning 40ga yaqin mansabdor shaxsiga nisbatan sanksiyalar kiritdi. “Qora ro‘yxat”ga tushgan shaxslar Belarusdagi norozilik namoyishlari ishtirokchilari va muxolifat vakillariga qarshi kuch ishlatishda hamda prezident saylovlari natijalarini soxtalashtirishda ayblanmoqda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid