Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyalik millioner tezlik rekordini o‘rnatish vaqtida halok bo‘ldi
Britaniyalik millioner, Maximuscle fitnes-kompaniyasi asoschisi Zef Ayzenberg avtomobilda quruqlikda tezlik rekordini o‘rnatishga urinish vaqtida halok bo‘ldi.
Millioner ishtirokidagi avtohalokat York shahri yaqinidagi Elvington aerodromida yuz bergan. Bu yerda 2006 yilda Top Gear ko‘rsatuvining sobiq boshlovchisi Richard Xammond ham avariyaga uchragan.
Ayzenberg Porsche 911 Turbo S mashinasida Britaniya rekordini yangilamoqchi bo‘lgan, biroq boshqaruvni eplay olmay qolgan.
Voqea joyiga kelgan tez yordam brigadasi 47 yoshli tadbirkorning hayotini saqlab qololmagan.
Ta'kidlanishicha, 2016 yilda ham Ayzenberg shu joyda halok bo‘lishiga bir baxya qolgan. O‘shanda u 370 km/soat tezlikda harakatlanayotganda falokatga uchragan. Tadbirkor shifokorlarning uning yura olmasligidan xavotiriga qaramasdan, 2017 yilda yana poygalarga qaytgan.
2019 yil may oyida Ayzenberg Porsche 911 Turbo mashinasida Uelsdagi Pendine Sands plyajida rekord qiymatdagi tezlikka (534 km/soat) erisha olgan. U, shuningdek, qumda bir nechta jahon rekordini o‘rnatgan.
Mavzuga oid
17:56 / 16.05.2025
Amerikalik ayol sochiga osilib turgan holda rekord o‘rnatdi
00:16 / 06.05.2025
Maldiv prezidenti matbuot anjumani davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi
13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam
11:56 / 06.02.2025