Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyatining yangi hokimi So‘xga bordi
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov So‘x tumanida bo‘lib, tumanda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. «Endi bor kuchimizni tumanda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratamiz», dedi viloyatning yangi rahbari.
Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, dastlab chegara hududda joylashgan So‘x chashmasiga borib, hududdagi vaziyat, aholining yashash tarzi bilan tanishgan viloyat rahbari mahalliy aholi bilan uchrashgan.
- Bizning asosiy maqsadimiz - xalqimizni rozi qilish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish, - deya viloyat rahbarining so‘zlarini keltirgan hokimlik axborot xizmati.


Viloyat rahbari Chashma bulog‘iga ham tashrif buyurgan. Shundan so‘ng viloyat hokimi xonadonlarga kirib, fuqarolar bilan uchrashgan. Pandemiya sharoitida ko‘mak sifatida olib borilgan 22 tonna un, 11 ming litr paxta yog‘i, 11 tonna shakar aholi uchun berildi.


Bildirilishicha, viloyat hokimi yangi qurilish obektlari, tikuv fabrikasi, qurilayotgan nasos stansiyasini ko‘zdan kechirgan va mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashgan.
- Endi bor kuchimizni tumanda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratamiz, - degan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?
12:15 / 28.04.2025