Koronavirusning yuqumliligi sababi aniqlandi
Koronavirus SARS-CoV-2’ning oqsil “tojlari” organizmga kirish uchun 10 ta turli shaklga aylana oladi. Buni britaniyalik olimlar tadqiqot davomida aniqlashdi.
Frensis Krik instituti olimlari guruhi laboratoriya tajribasi o‘tkazib, virus “tojlari” hujayralarga mahkam birikish uchun turli shakllarga kirishi mumkinligini aniqlashdi.
“Grippning ham, OIVning ham bunday murakkab kirish mexanizmi yo‘q”, deb aytilgan tadqiqotda.
Koronavirusning tojlari laboratoriya sharoitlarida turli shakllarga juda tez – 60 soniyada kira olgan. Biroq real sharoitlarda unga buning uchun ko‘proq vaqt talab etiladi.
Olimlarning fikricha, koronavirus o‘zini antitanalar tomonidan aniqlanishdan himoyalash uchun shunday transformatsiya qiladi.
Olimlarning ta'kidlashicha, bu tadqiqot virusning bunchalik yuqumli ekani va unga qarshi qanday kurashish kerakligini tushunishda yordam beradi.
Mavzuga oid
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi
10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda
23:06 / 16.01.2023