Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston o‘z harbiylarining Tog‘li Qorabog‘dagi janglarda ishtirok etayotganini rad etdi
Pokiston tashqi ishlar vazirligi pokistonlik harbiylarning Tog‘li Qorabog‘dagi janglarda Ozarboyjon tomonida ishtirok etayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi va ularni “mas'uliyatsizlik” deb atadi.
Avvalroq Armanistonning Free News portali Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasidagi ixtilofda pokistonlik harbiylarning Boku tomonida ishtirok etayotganini ma'lum qilgan. Nashr bunda ikki kishining suhbatiga tayangan.
Pokiston tashqi ishlar vazirligi vakili Zohid Hofiz Choudriyning ta'kidlashicha, “Pokiston Tog‘li Qorabog‘da xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashganidan tashvishlanmoqda”. U Yerevanni keskinlashuvning boshlanishida, tinch aholini o‘qqa tutishda ayblagan va Armaniston harbiy harakatlarni to‘xtatishi kerakligini hamda Pokiston Tog‘li Qorabog‘dagi ixtilofda Ozarboyjon pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlashini aytgan.
Mavzuga oid
21:17 / 24.05.2025
“Mudofaamizga yana tahdid yuzaga kelsa, jim o‘tirmaymiz” – Pokiston elchisi bilan suhbat
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
00:15 / 20.05.2025