Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha universal onlayn platforma joriy etiladi
Biznes sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «Biznes-navigator» elektron portalini joriy etish mo‘ljallanmoqda.
2020-2021 yillarda iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni tiklash va davom ettirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da aytilishicha, tegishli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.
Qayd etilishicha, unda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha universal onlayn platformani joriy etish nazarda tutiladi.
Bajarish muddati - 2020 yil noyabr, ijro uchun mas'ullar - Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar.
Bundan oldin, O‘zbekiston elektron tijorat sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirmoqchi ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda
16:23 / 30.04.2025
Turagentlik faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi
14:26 / 29.04.2025