Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston tovushdan tez uchadigan ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi
Xabar qilinishicha, raketa 800 kilometrgacha masofada joylashgan nishonga yuqori aniqlikda zarba bera oladi.
Hindiston mudofaa tadqiqotlari va ishlanmalari tashkiloti (DRDO) kichik masofaga mo‘ljallangan, tovushdan tez uchuvchi "Shaurya" ballistik raketasining yangi modifikatsiyasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda ANI agentligi xabar bermoqda.
Turli, jumladan yadroviy jangovar kallak tashiy oladigan ushbu raketa sinovi Odisha shtatidagi poligonda o‘tkazilgan.
Xabar qilinishicha, raketa 800 kilometrgacha masofada joylashgan nishonga yuqori aniqlikda zarba bera oladi. Yangi modifikatsiyadagi raketadan foydalanish osonlashgan hamda vazni yengillashgan.
Bu oxirgi vaqtda Hindistonda ikkinchi marta o‘tkazilgan raketa sinovi hisoblanadi. 30 sentyabrda tovushdan tez uchuvchi BrahMos qanotli raketasi sinovdan o‘tkazilgandi.
Mavzuga oid
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025