Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Airbus karantin cheklovlari sababli 15 ming xodimini qisqartiradi
Yevropaning Airbus aviakonserni parvozlarga karantin cheklovlari qayta kiritilgani sababli butun dunyo bo‘ylab 15 ming xodimini bo‘shatadi. Bu haqda kompaniyaning bosh operatsion direktori Maykl Shollxorn ma'lum qildi.
Shollxornning ta'kidlashicha, aviatsiya sohasi istiqbollari koronavirusga chalinish holatlari ko‘payayotgani sababli yana yomonlashdi. Shuningdek, kuz boshidagi vaziyat konsern boshqaruvi yozda kutgandagidan yomonroq bo‘lgan. Parvozlarga cheklovlar kiritilgani sababli aviakompaniyalar yangi samolyotlar sotib olmay qo‘ygan.
Shollxorn bunday vaziyatda 15 ming xodimning qisqartirilishini minimal chora deb atagan. U shu bilan birga konsern o‘z korxonalarini yopishni rejalashtirmayotganini ta'kidlab o‘tgan.
Mavzuga oid
14:41 / 05.05.2025
O‘zbekiston Fransiyadan 14 ta yangi Airbus samolyotini xarid qiladi
23:54 / 21.04.2025
Orlandoda yo‘lovchi samolyotida yong‘in chiqdi
19:09 / 21.04.2025
Airbus vodorodda uchadigan «yashil» samolyotini taqdim etishni kechiktirdi
22:54 / 26.03.2025