Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilhom Aliyev Qorabog‘dagi bir shahar egallanganini xabar qildi. Armaniston rad etdi
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev ozarboyjonlik harbiylar Jabroyil shahri (Mexakavan) va Tog‘li Qorabog‘dagi bir necha qishloqni egallashgani haqida ma'lum qildi.
Today Azerbaijan’s Army has liberated from occupation the city of Jabrayil and several surrounding villages. Long live Azerbaijan’s Army! Karabakh is Azerbaijan!
— Ilham Aliyev (@presidentaz) October 4, 2020
Armaniston mudofaa vazirligidagilar esa TASS agentligiga bergan izohida «bu bayonot (Aliyevning» yolg‘onligi va hech qanday asosga ega emasligi» haqida ma'lum qilgan.
- Avvalroq Ozarboyjon hukumati Tog‘li Qorabog‘ shimolidagi Madagiz qishlog‘i ozar harbiylari nazoratiga o‘tganini e'lon qilgandi. Armaniston tomoni bu ma'lumotni ham rad etib chiqqandi.
- Jabroyil (Mexakavan) 1993 yildan buyon tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi tarkibida. 1991 yildagi ma'lumotga ko‘ra (undan keyingi yillarga oid ma'lumot yo‘q), Jabroyilda 6,3 ming kishi yashagan.
- 1990-yillarda boshlangan Tog‘li Qorabog‘ nizosi shu yil sentabr oyi oxirida yana avj oldi. Ziddiyat tomonlari bir-birini provokatsiyalarda va o‘t ochishni boshlashda ayblamoqda.
Mavzuga oid
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
21:12 / 07.05.2025
Ilhom Aliyev 9 may kuni Moskvadagi paradga borishdan bosh tortdi
21:04 / 02.05.2025