Jahon | 13:25 / 04.10.2020
8016
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Rossiyada kunlik o‘sish maydan buyon ilk bor 10 mingdan oshdi

Rossiyada Covid-19’dan zararlanish bilan bog‘liq holatlar soni maydan buyon ilk marta 10 mingdan oshdi.

Foto: EPA/Vostock-photo

Operativ shtat ma'lumotiga ko‘ra, so‘nggi bir kunda Rossiyada 10 ming 499ta yangi kasallanish holati qayd etilgan.

Moskvada 3327ta yangi holat aniqlangan.

Rossiyada koronavirus pandemiyasi davrida qayd etilgan jami holatlar soni 1 million 215 mingdan oshdi.

So‘nggi bir kun davomida Rossiyaning 85 regionida yangi kasallanish holatlari aniqlangan. Eng ko‘p holatlar qayd etilishi bo‘yicha Moskvadan keyingi ikkinchi o‘rinni Peterburg band etgan - 392 bemor, yana 296ta holat Moskva oblastida, 234tasi Rostov oblastida, 201tasi Nijyegorod oblastida, 179tasi Voronej oblastida, 176tasi Arxangelsk oblastida, 172tasi Sverdlovsk oblastida qayd etilgan.

Mamlakatda so‘nggi bir kunda yana 107 kishi koronavirus qurboniga aylangan va jami o‘lim holatlari soni 21 ming 358taga yetgan.

Shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayganlar soni 979 ming 143 nafarni tashkil etmoqda, xususan, so‘nggi bir kunda 3284 kishi virusdan xalos bo‘lgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid