Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tibbiyot sohasi boshqaruvidagi xodimlarga ustamalar to‘lanadi, hokimlarga yangi vakolat berildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 oktabr kuni «Sog‘liqni saqlash sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Qarorga muvofiq, bundan buyon Qoraqalpog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri va viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlarini tayinlashda Jo‘qorg‘i Kengesi raisi va viloyat hokimlari bilan kelishish talab etiladi.
Ushbu talab hududiy tibbiyot muassasalari rahbarlari tayinloviga ham taalluqli.
1 noyabrdan boshlab Sog‘liqni saqlash vazirligi va hududiy boshqaruv organlari xodimlariga quyidagi miqdorda ko‘p yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama to‘lanadi (rag‘batlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda):
- 1 yildan 3 yilgacha – 0,3
- 3 yildan 5 yilgacha – 0,6
- 5 yildan 10 yilgacha – 0,8
- 10 yildan 15 yilgacha – 1
- 15 yildan 20 yilgacha – 1,2
- 20 yildan yuqori – 1,5
Bundan tashqari, qaror bilan:
- Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari – Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimi joriy etildi;
- Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori lavozimi tugatildi;
- SSV tizimida shtatlar ko‘paytirilishi va ustamalar joriy etilishi munosabati bilan, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi shtat birliklari maqbullashtiriladi.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025