Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzbekistan Airways tariflarini qayta ko‘rib chiqadi
Uzbekistan Airways aviakompaniyasida tariflar siyosati qayta ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda kompaniya raisi o‘rinbosari Umid Husanov ma'lum qildi.
«Jahon banki mutaxassislari bilan birgalikda kompaniyani isloh qilish masalasini ko‘rib chiqmoqdamiz. Shu jumladan, tarif siyosati ham o‘rganilmoqda. Hozir biz ikkinchi bosqichdamiz», dedi Husanov Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Senat qo‘mitasi ishtirokida «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunning ijrosi muhokamasi chog‘ida.
Uning qayd etishicha, tariflarga tegishli hujjat 1994 yilda qabul qilingan bo‘lib, hozirda eskirgan. Bu esa soha uchun kamchilik hisoblanadi.
«Shuning uchun hujjat Jahon banki bilan birgalikda ko‘rib chiqildi. Umuman olganda, u tayyor. Yaqin orada tariflar Transport vazirligiga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi», dedi u.
Kompaniya vakili tariflar xarajatlarga bog‘liq bo‘lishi, pandemiya tufayli kompaniya xarajatlar tarkibini, uni kamaytirish yo‘llarini ko‘rib chiqqani, hozirda aniq chora-tadbirlar mavjudligi, pandemiyadan so‘ng kompaniya to‘liq ishlashni boshlasa, natijalar ko‘rina boshlashini qo‘shimcha qilib o‘tgan.
Mavzuga oid
17:00 / 13.05.2025
Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda
18:39 / 12.05.2025
Mahachqal’a-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar 1 oyga kechikishi mumkin
10:06 / 12.05.2025
Uzbekistan Airways parvozlar jadvalidagi ayrim majburiy o‘zgarishlar haqida ma’lum qildi
22:37 / 09.05.2025