Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple 13 oktyabrda iPhone 12 taqdimotini o‘tkazadi
Apple kompaniyasi 13 oktyabrda yangi taqdimot o‘tkazishini e'lon qildi. Ma'lumotlarga ko‘ra, taqdimotda yangi iPhone 12 smartfonlari namoyish qilinadi.
Odatda Apple yangi iPhone’larga bag‘ishlangan taqdimotini sentyabrda o‘tkazadi. Biroq joriy yilda kompaniyaning sentyabrdagi taqdimotida yangi iPad plansheti va Apple Watch soati tanishtirilgan.
Foto: Apple
Foto: Apple
Kompaniyaning yangi taqdimotida 4 ta yangi smartfon – 5,4 va 6,1 dyuymli ekranga ega iPhone 12 va iPhone 12 Pro, 6,7 dyuymli iPhone 11 Pro Max hamda 5,4 dyuymli iPhone 12 mini taqdim etilishi kutilmoqda. iPhone 12’lardan biri 4G, boshqasi esa 5G’ni qo‘llab-quvvatlaydi.
Bundan tashqari, kompaniya o‘z taqdimotida AirPods Studio quloqchini, HomePod mini ovoz karnayi, yangi avloddagi Apple TV televizion pristavkasi va AirPower simsiz quvvatlagichini namoyish qilishi mumkin.
Mavzuga oid
16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi
17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi
17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi
09:03 / 21.04.2025