Gulistonda koronavirusli bemorlar taqsimlash markazida portlash sodir bo‘ldi. Hodisaga kislorod balloni sabab bo‘lgani bildirildi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan birlamchi ma'lumot taqdim etdi.

Qayd etilishicha, bugun, 7 oktabr kuni, soat 08:13da Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi “Alpomish” sport majmuasida tashkil etilgan koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan yoki kasallangan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, saralash va taqsimlash markazida kislorod balloni yorilishi sodir bo‘lgan.
Hosil bo‘lgan kinetik zarba to‘lqinidan bino oynalari parchalanib, fuqarolarga tan jarohati yetgan.
Ta'kidlanishicha, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va boshqa tegishli xizmatlarning xodimlari voqea joyiga yetib borib, fuqarolarni xavfsiz hududga ko‘chirdilar.
Mazkur hodisa oqibatida vafot etgan fuqarolar aniqlanmagan. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid

18:43 / 08.05.2025
Olimlar Yerda kislorod qachon yo‘q bo‘lib ketishini aniqladi

17:33 / 25.03.2025
Xitoy Marsda nafas olish imkonini beruvchi texnologiyani yaratdi

09:52 / 28.02.2025
Guliston tumani hokimi o‘zgardi

08:38 / 18.12.2024