Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozon, Samara va Novosibirskdan Toshkentga qo‘shimcha charter qatnovlari amalga oshiriladi
PZR ma'lumotnomasiga ega bo‘lmagan yo‘lovchilar aviakompaniyaning parvozlariga qo‘yilmaydi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2020 yil 16 oktyabrda Qozondan, 2020 yil 17 oktyabrda Samaradan va 2020 yil 20 oktyabrda Novosibirskdan Toshkentga qo‘shimcha charter qatnovlari amalga oshirilishi to‘g‘risida xabar berdi.
Rossiya shaharlaridan O‘zbekistonga havo qatnoviga O‘zbekiston, Rossiya va Qirg‘iziston fuqarolariga PZR tekshiruvidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma'lumotnomani (qatnov jo‘nashidan oldin kamida 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda amal qiluvchi) majburiy ravishda taqdim etish sharti bilan ruxsat beriladi.
Qayd etilishicha, PZR ma'lumotnomasiga ega bo‘lmagan yo‘lovchilar aviakompaniyaning parvozlariga qo‘yilmaydi.
Aviachiptalarni aviakompaniya veb-saytidan, shuningdek, Uzbekistan Airways AJning eng yaqin savdo ofislaridan yoki mintaqangizdagi savdo agentlaridan sotib olish mumkinligi aytilgan.
Mavzuga oid
17:00 / 13.05.2025
Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
18:39 / 12.05.2025
Mahachqal’a-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar 1 oyga kechikishi mumkin
17:02 / 12.05.2025