Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryodagi tijorat banklari prokuratura nazoratiga olinadi. Ammo bu qonunga zid
Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayev faoliyati davomida muammolarga duch kelayotgan tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ZOOM dasturi orqali muloqot qilgan.
Suhbat davomida, Qarshi tumani Xonobod hududidan 27 nafar tadbirkorlarga issiqxona qurish uchun tuman hokimining qarori bilan 124 gektar yer maydoni ajratilgani, biroq ular kredit olish uchun tijorat banklariga zarur hujjatlarni topshirganiga qaramasdan, bank xodimlari moliyaviy resurs yo‘qligini ro‘kach qilib, tadbirkorlarga hamon kredit ajratishni ortga surib kelayotgani aytilgan.
Bu holatning oldini olish maqsadida Z.Mirzayevning topshirig‘i bilan viloyat prokuraturasi xodimlaridan iborat ishchi guruhi tuzilib, hududdagi tijorat banklari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarni o‘rganish vazifasi yuklatilgan.
Bu haqidagi xabar Qashqadaryo viloyat prokuraturasining «Telegram»dagi kanaliga joylangan.
Iqtisodchi – bloger Otabek Bakirov o‘zining «Telegram» kanalida ushbu xabarga o‘z munosabatini qoldirgan. Iqtisodchining fikriga ko‘ra, bu banklarning mustaqilligiga zid qaror hisoblanadi.
Darhaqiqat, «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi (yangi tahriri) qonunning 8-moddasiga (banklarning mustaqilligi) ko‘ra, banklar moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq qarorlar qabul qilishda mustaqildir. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslariga banklar faoliyatiga, shu jumladan banklarning kredit portfelini va aktivlarini shakllantirish bilan bog‘liq tadbirkorlik tavakkalchiliklarini boshqarishga, banklarning rahbar xodimlarini tayinlashga aralashish, shuningdek bankning mablag‘lari hisobidan turli xil to‘lovlar va badallar talab qilish taqiqlanadi.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
10:00 / 14.05.2025
3 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingani aniqlandi
16:03 / 30.04.2025
Rossiya Bosh prokuraturasi o‘zbekistonlik migrantlarning huquqlariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish majburiyatini oldi
19:37 / 23.04.2025