Jahon | 00:03 / 10.10.2020
2862
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh xorijdan olib kiriladigan alyuminiyga yangi bojlar joriy etdi

Qayd etilishicha, Germaniyadan keltiriladigan alyuminiyga nisbatan bojlar eng maksimal darajada (353 foiz atrofida), keyingi o‘rinda Braziliya (137 foiz) turibdi.

Foto: Depositphotos

AQSh Yevropa, Lotin Amerikasi va Yaqin Sharqning 18 mamlakatidan olib kiriladigan alyuminiy list mahsulotlariga yangi bojlar kiritilishini e'lon qildi. Bu haqda AQSh savdo vaziri Uilbur Ross Fox Business telekanali orqali chiqishida aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi tartib darhol kuchga kiradi.

AFP agentligining yozishicha, Germaniyadan keltiriladigan alyuminiyga nisbatan bojlar eng maksimal darajada (353 foiz atrofida), keyingi o‘rinda Braziliya (137 foiz) turibdi. 2019 yilda AQShga ushbu mamlakatlardan mos ravishda 287 va 97 mln dollarlik mahsulot kirgan. 

Rossning aniqlik kiritishicha, savdo vazirligi ushbu qarorni 2021 yil fevrali oxirida bekor qilishi mumkin, bundan tashqari, qaror AQSh xalqaro savdo bo‘yicha federal komissiyasi tomonidan o‘rganib chiqiladi.  

Vashington joriy yil fevralida boshqa mamlakatlardan po‘lat va alyuminiy importiga nisbatan jarima sanksiyalarini kengaytirgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid