Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google YouTube’ni savdo maydonchasiga aylantirmoqchi
Qayd etilishicha, YouTube’ning savdo maydonchasiga aylantirilishi uni Amazon va Alibaba kabi gigantlar darajasiga olib chiqishi mumkin.
Google YouTube’ni videoda namoyish etilgan buyumlarni sotib olish mumkin bo‘lgan savdo maydonchasiga aylantirmoqchi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Bloomberg xabar bermoqda.
YouTube cheklangan kanallarda ana shunday funksiyani sinovdan o‘tkazayotganligini tasdiqladi.
Qayd etilishicha, Google bir necha oydan buyon YouTube’ni savdo maydonchasiga aylantirishiga sha'ma qilib kelgan. Kompaniya 2020 yilda e-commerce va to‘lovlar bo‘linmasini yangilagan. Iyulda esa o‘zining Google Shopping platformasiga sotuvchilarni jalb etish rejasini e'lon qilgan.
Bundan tashqari, YouTube yaqinda roliklar mualliflarini lavhada tilga olingan mahsulotlarni markirovka qilish belgisidan foydalanishlarini so‘radi.
Bloomberg’ning qayd etishicha, YouTube’ning savdo maydonchasiga aylantirilishi uni Amazon va Alibaba kabi gigantlar darajasiga olib chiqishi mumkin.
Hozircha YouTube savdolardan qanday pul ishlashi ma'lum emas.
Mavzuga oid
09:55 / 15.05.2025
“Sun’iy idrok hali o‘zbekchani to‘liq tushunmaydi” – Google’dagilarga dars o‘tgan o‘zbek qizi
23:45 / 05.05.2025
Google film va teleshoular ishlab chiqarish bo‘yicha yangi bo‘linmasini ishga tushirdi
10:48 / 24.04.2025
YouTube'dagi birinchi video 20 yoshga to‘ldi
20:45 / 22.04.2025