Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bill Geyts pandemiya vaqtida odamlar hayotini nima yana iziga qaytara olishi mumkinligini aytdi
Koronavirusga qarshi o‘ta samarali vaksinagina insoniyat hayotini yana normal tarzga qaytarishi mumkin. Bunday fikrni Microsoft korporatsiyasi asoschisi Bill Geyts NBC telekompaniyasi efirida bildirdi.
Geytsdan pandemiya oqibatlarini batamom yengish va hayotni yana iziga qaytarish uchun nima kerakligi so‘ralgan. “Normal hayotga qaytishning yagona yo‘li o‘ta samarali va ko‘plab odamlar olishi mumkin bo‘lgan vaksina ishlab chiqilishidir”, deb javob qilgan Geyts.
Uning ta'kidlashicha, faqat shu yo‘lgina koronavirus infeksiyasini dunyo ko‘lamida yo‘q qilish imkonini beradi.
Geyts vaksinaning birinchi bir nechta variantini keyingi yildan qo‘llashga ruxsat berilishini kutayotganini aytgan.
Avvalroq milliarder koronavirus pandemiyasi 2022 yildan ertaroq yakunlanmasligini aytgan.
Bill Geyst va uning rafiqasi Melinda rivojlanayotgan davlatlarda xavfli kasalliklarga qarshi kurashuvchi va AQShda sog‘liqni saqlash hamda ta'lim sohasidagi dasturlarni moliyalashtiruvchi xayriya jamg‘armasiga rahbarlik qiladi. Ushbu jamg‘arma koronavirusga qarshi kurashga va vaksina ishlab chiqilishiga yuz millionlab dollar ajratgan.
Mavzuga oid
22:17 / 08.05.2025
Bill Geyts milliarder Ilon Maskni qashshoq bolalar o‘limida aybladi
20:18 / 08.05.2025
Bill Geyts 20 yil ichida deyarli barcha boyligini xayriyaga yo‘naltirishiga va’da berdi
21:40 / 30.04.2025
Husnbuzarlarga qarshi birinchi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi
18:39 / 16.04.2025