Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bu millat sha'nini tushirmaydi, aksincha yuksaltiradi» – Turdimov oqsochlar tayyorlash haqidagi taklifiga izoh berdi
Samarqand viloyat hokimligida viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning oqsochlar tayyorlash bo‘yicha taklifi yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
«Hududlarda oqsoch ayollar, uy xizmatchilari tayyorlash markazlari ochish, ularning huquqini himoya qilish borasida taklifim turlicha talqin qilindi. Shuni bilishingizni xohlardimki, bu gapni avvalo aziz ayollarimiz himoyasi uchun aytdim.
Bu sohada tartib o‘rnatish, uy xizmatchilarining huquqini himoya qilish millatimizning sha'nini tushirmaydi, aksincha yuksaltiradi. Ularni o‘qitadigan markazlarni ochishning yomon tomoni yo‘q. Taklifim shundan iboratki, shundoq ham mavjud bo‘lgan xizmat turini qonuniylashtirish kerak. Ular o‘z huquqlarini talab qila olishlari yaxshi-ku», deya viloyat hokimining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Erkinjon Turdimov 8 oktabr kuni prezident rahbarligidagi videoselektor yig‘ilishida ayollarni uy xizmatchisi, oqsochlik va enagalik kasblariga tayyorlash bo‘yicha taklif bergandi. Uning bu taklifi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi.
Keyinchalik Samarqand viloyat hokimligi bu borada munosabat bildirib, Turdimov aslida nima demoqchi bo‘lganini tushuntirdi.
Mavzuga oid
02:54 / 01.02.2025
«Bolaga bilim berish bilan shug‘ullanmasak, kosamiz oqarmaydi» - Erkinjon Turdimov
23:02 / 23.01.2025
25 yillik noyob siyosiy karera: Erkinjon Turdimov o‘z rekordini yangiladi
11:11 / 22.01.2025
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyatiga hokim bo‘ldi
20:01 / 10.01.2025