Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Murat Kamalov senatorlikka saylandi. Endi u Senat raisiga o‘rinbosar bo‘ladi
Nukusdagi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari tuman va shahar kengashlarining bo‘shab qolgan o‘rinlarga O‘zbekiston Senati a'zolarini saylash bo‘yicha qo‘shma majlis bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Saylov natijalarga ko‘ra 45-«Shumanay» saylov okrugidan Jo‘qorg‘i Kenges deputati, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog‘iston kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi U.Jalmenov va 63-«Qorako‘l» saylov okrugidan Jo‘qorg‘i Kenges raisi Murat Kamalov O‘zbekiston Senati a'zolari etib saylangan.


Eslatib o‘tamiz, Murat Kamalov 2 oktabr kuni Qoraqalpog‘iston rahbari bo‘lgandi. Respublikaning avvalgi rahbari Musa Yerniyazov 31 iyul kuni koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida olamdan o‘tgan.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Konstitutsiyasining 86-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Senati raisi o‘rinbosarlaridan biri Qoraqalpog‘iston vakili bo‘ladi. Qoida tariqasida, ushbu lavozimni har safar Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi egallaydi.
Mavzuga oid
12:30 / 26.08.2022
Murat Kamalov Jo‘qorg‘i Kenges raisligidan ketdi
10:57 / 21.10.2020
Murat Kamalov Tanzila Norboyevaga o‘rinbosar bo‘ldi
16:30 / 02.10.2020
Qoraqalpog‘istondagi tuman va shaharlarga vazirlar va banklar biriktirildi. Tadbirkorlarga 3 yillik soliq imtiyozlari beriladi
15:29 / 02.10.2020