Jahon | 21:55 / 12.10.2020
45743
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar koronavirus inson terisida qancha vaqt qolishini aniqlashdi

Yaponiyaning Kioto tibbiyot universiteti olimlari koronavirus inson terisida qancha vaqt yashovchan bo‘lib qolishini aniqlashdi. Olimlarning ta'kidlashicha, inson terisiga tushgan koronavirus taxminan 9 soatgacha xavf solishi mumkin.

Foto: Carl Court / Getty Images

Bu esa gripp virusining inson terisidagi yashovchanlik vaqtidan 5 marta ko‘proqni tashkil qiladi. 

Ushbu natijalar tajribalar davomida olingan. Tajribalar davomida inson terisiga koronavirus va gripp viruslaridan 100 mingtadan joylashtirilgan. So‘ngra viruslar teridan yo‘q bo‘lib ketishigacha qancha vaqt o‘tishi qayd qilingan. Gripp viruslari 1-2 soatdan keyin yo‘q bo‘lgan. Biroq koronavirus inson terisida ba'zi holatlarda 11 soatgacha, o‘rtacha esa 9 soat davomida qolgan. 

Tadqiqotlarda aniqlanishicha, 80 foizlik etil spirti qo‘llanishi teridagi viruslarni 15 soniyada o‘ldiradi. Agar qo‘llar sovun bilan 15 soniya davomida yuvilsa, so‘ngra oqib turgan suvda 10 soniya chayilsa, bunda virusning dastlabki miqdoridan 10 mingdan bir qismigina qolar ekan. Qo‘llarning krandan oqib turgan suvning o‘zi bilan yuvilishi ham viruslar miqdorining yuzdan biri qolishiga olib kelar ekan.

Avvalroq koronavirusning banknotalar va smartfonlar yuzalarida bir oygacha saqlanib qolishi mumkinligi ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid