Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiyada koronavirusga qarshi ikkinchi vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilganini e'lon qildi
Putin shuningdek, Chumakov nomidagi milliy tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilayotgan uchinchi vaksina ham «tayyor bo‘lib qolgani»ni aytdi.
Rossiyada COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi ikkinchi vaksina ro‘yxatga olindi. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Putin ma'lum qildi.
«Bugun Novosibirskdagi «Vektor» markazi koronavirusga qarshi mo‘ljallangan Rossiyaning ikkinchi vaksinasi - «EpiVakKorona»ni ro‘yxatdan o‘tkazdi, — dedi Putin.
U shuningdek, Chumakov nomidagi milliy tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilayotgan uchinchi vaksina ham «tayyor bo‘lib qolgani»ni aytdi.
Bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikovaning so‘zlariga ko‘ra, vaksinaning dastlabki 60 ming dozasi yaqin vaqt ichida ishlab chiqariladi, shundan so‘ng «Vektor» ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyingi klinik sinovlarga kirishadi. Sinovlarga 40 ming nafar ko‘ngilli jalb etiladi.
Golikova yangi vaksina «yuqori xavfsizlik darajasiga ega»ligini aytdi.
Putin 11 avgustda Gamaleya nomidagi milliy tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan «Sputnik-V» vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazilganini e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
21:40 / 30.04.2025
Husnbuzarlarga qarshi birinchi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi
16:00 / 04.02.2025
Ekologiya ta’siri: dunyoda chekmaydiganlar orasida o‘pka saratoni bilan kasallanish ko‘paydi
16:31 / 16.12.2024
Ukol o‘rniga krem: qoqsholga qarshi yangi turdagi vaksina yaratildi
16:51 / 25.11.2024