Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bill Geyts koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yanada yomonlashishi to‘g‘risida ogohlantirdi
Geytsning qayd etishicha, vaksina paydo bo‘lguniga qadar virusga qarshi kurashishning birgina yo‘li bor, bu - niqob taqish.
Microsoft asoschisi Bill Geyts koronavirus bilan bog‘liq vaziyat avvalgidan yanada yomonlashishi to‘g‘risida ogohlantirdi. Bu haqda Fox Business yozmoqda.
«Kuz yozga nisbatan ancha yomon bo‘ladi», — degan u.
Geytsning so‘zlariga ko‘ra, hozirda kasallanish holatlari o‘smoqda, sovuq tushib odamlar ko‘p vaqtini yopiq joylarda o‘tkaza boshlashi kasallanganlar soni yanada o‘sishiga olib keladi.
Uning qayd etishicha, bundan tashqari, vaksina paydo bo‘lguniga qadar virusga qarshi kurashishning birgina yo‘li bor, bu odamlarning o‘zini tutishlari.
«Afsuski, odamlar charchadi, ko‘pchilik bu borada salbiy fikrda. AQShda niqob taqish rejimiga amal qilish ancha yomon», — dedi u.
Geyts avvalroq koronavirus pandemiyasi 2022 yilda tugashi mumkinligini taxmin qilgandi.
Mavzuga oid
22:17 / 08.05.2025
Bill Geyts milliarder Ilon Maskni qashshoq bolalar o‘limida aybladi
20:18 / 08.05.2025
Bill Geyts 20 yil ichida deyarli barcha boyligini xayriyaga yo‘naltirishiga va’da berdi
18:39 / 16.04.2025
Bill Geyts sun’iy intellekt ba’zi kasb egalarini ishsiz qoldirishini bashorat qildi
23:19 / 01.03.2025