Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqaruvchi zavod dekabrda ishga tushadi
Zavod qurilishi iyun oyida boshlangandi. Bu yerda immunobiologik dori vositalari, jumladan koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqariladi.
Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Tsoy biologik xavfsizlik muammolari ilmiy-tadqiqot instituti qoshidagi vaksina ishlab chiqaruvchi biofarmatsevtika zavodi qurilishi shu yilning dekabrida nihoyasiga yetishini ma'lum qildi.
«Zavod qurilishi jadal sur'atda bormoqda. Ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish dekabrga rejalashtirilgan. Reja o‘z muddatida bajarilishiga umid qilamiz», - dedi Tsoy.
Uning aniqlik kiritishicha, zavod Jambil oblastidagi Gvardeyskiy posyolkasida qurilmoqda.
Mazkur zavod qurilishi iyun oyida boshlangandi. Bu yerda immunobiologik dori vositalari, jumladan koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqariladi.
Mavzuga oid
21:40 / 30.04.2025
Husnbuzarlarga qarshi birinchi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
21:03 / 27.02.2025