Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shotlandiyaning mustaqilligini rekord sondagi shotlandlar qo‘llab-quvvatlamoqda
Shotlandiyaning Buyuk Britaniyadan mustaqil bo‘lishini rekord sondagi shotlandlar qo‘llab-quvvatlamoqda. Ipsos MORI o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, 58 foiz shotlandlar mustaqillik uchun ovoz berishga tayyor.
Shu bilan birga 42 foiz shotlandlar Britaniya tarkibida qolish uchun ovoz berishlarini bildirishgan.
2014 yilda Shotlandiyaning mustaqilligi bo‘yicha o‘tgan referendumda mustaqillik tarafdorlari 45 foiz ovoz bilan yutqazishgan edi.
Shotlandiya mustaqilligini qo‘llab-quvvatlovchilar soni koronavirus pandemiyasi ortida ko‘paygan. Ko‘plab shotlandlarning fikricha, Edinburgdagi hukumat koronavirus inqiroziga qarshi Boris Jonson hukumatidan yaxshiroq kurashmoqda.
So‘rovnoma, shuningdek, shotlandlarning uchdan ikki qismi Shotlandiya yetakchi vaziri Nikola Starjyenga ijobiy, to‘rtdan uch qismi esa Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonga salbiy munosabatda ekanini ko‘rsatgan.
Hozirda Shotlandiyada mustaqillik haqidagi referendumning yangi loyihasi tayyorlanmoqda. Biroq ushbu qonun loyihasi parlamentning keyingi chaqirig‘ida qabul qilinishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025