Jahon | 21:35 / 16.10.2020
5238
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada koronavirusga qarshi vaksinaning keksalarda sinovdan o‘tkazilishi boshlandi  

Rossiyada koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi 60 yoshdan kattalarda sinala boshlandi. Sinovlarda 110 ko‘ngilli ishtirok etadi.

Foto: RIA Novosti

Avvalroq Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi Gamaleya nomidagi markaz ishlab chiqqan ushbu vaksinaning keksa yoshlilarda sinovdan o‘tkazilishiga ruxsat bergan. Sinovlar vaksinaning fuqarolik aylanmasini kengaytirib, uni keksalarga qo‘llash mumkinligini aniqlashga qaratilgan.  

“Sputnik V” Rossiyada ro‘yxatdan o‘tkazilgan koronavirusga qarshi birinchi vaksina bo‘lib, hozirda uning yakuniy sinovlari o‘tkazilmoqda. Ularda 40 ming kishi ishtirok etmoqda. Shuningdek, vosita fuqarolik aylanmasiga kiritilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid