Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xonqa tumani hokimi aholidan uzr so‘rab, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni to‘g‘rilashga va'da berdi
16 oktabr kuni xalq deputatlari Xorazm viloyati Xonqa tuman kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada «Tuman va shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting ko‘rsatkichlari»ga asosan Xonqa tumanini «qizil» toifadan olib chiqish masalalari muhokama qilindi.
AOKAning Xorazm viloyat boshqarmasidan ma'lum qilishlaricha, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha faoliyati «qoniqarsiz» baholangan tuman hokimi va sektor rahbarlari yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun aholidan uzr so‘rab, vaziyatni to‘g‘irlashga va'da bergan.
Tuman hokimligi xabariga ko‘ra, sessiyada sektor rahbarlari mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan 22 banddan iborat «Yo‘l xaritasi»ni taqdim etgan.
«Tuman iqtisodiyotining rivojlanish darajasi nisbatan past bo‘lishiga hududdagi mavjud imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanmaslik, iqtisodiy o‘sish sur'atlarini yuqori darajada ta'minlamaslik, yashirin iqtisodiyot natijasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi statistik hisobotlarda o‘z aksini topmagani ortidan ko‘rsatkichlarda qoloqliklarga yo‘l qo‘yilgani sabab bo‘lgani qayd etildi», – deyiladi hokimlik xabarida.
Mavzuga oid
16:38 / 18.03.2025
Xorazm viloyatining uchta tumanida hokim o‘zgardi
19:44 / 18.11.2024
Xorazmda o‘quvchining onasi maktabga borib, o‘qituvchi ayolga tashlandi
17:39 / 02.12.2022
IIB va mahalliy idoralar klasterlar xizmatida. Bu safar Xonqada kooperativ paxtasi tortib olindi
18:21 / 21.10.2022