Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada pandemiya boshidan buyon koronavirus yuqtirish holatlari aniqlanishi bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etildi
Bir sutka avval 10 925ta holat qayd etilgan, juma kuni esa sutkalik ko‘rsatkich 10 mingdan oshgandi.
Italiyada epidemiya boshlanganidan buyon ilk marta bir sutkada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 11 mingdan ortiq holat aniqlandi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lum qildi.
Apenninda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni tezlik bilan o‘sishda davom etmoqda. Yakshanba kuni 11 705ta holat aniqlandi, bu epidemiya boshlanganidan buyon eng yuqori sutkalik ko‘rsatkich hisoblanadi.
Bir sutka avval 10 925ta holat qayd etilgan, juma kuni esa sutkalik ko‘rsatkich 10 mingdan oshgandi.
Italiya sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumot berishicha, mamlakatda jami 414 241ta holat aniqlangan.
Epidemiya boshlanganidan buyon 36 543 kishi vafot etgan, 251 461 kishi sog‘aygan.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
19:56 / 13.05.2025