Jahon | 20:43 / 18.10.2020
2219
2 daqiqa o‘qiladi

Shveytsariyada COVID-19ga chalinish holatlari soni o‘sayotganligi sababli qator cheklovlar joriy etildi

Mamlakatda yangi cheklovlar ham joriy etildi. Jumladan, jamoat joylarida 150 kishidan ortiq guruh bo‘lib to‘planish taqiqlanadi. Hukumat fuqarolarga uydan turib ishlashni tavsiya etmoqda.

Foto: REUTERS / Arnd Wiegmann

Shveytsariya hukumati koronavirus yuqtirish holatlari soni o‘sayotganligi sababli yopiq binolarda niqob taqish rejimini majburiy qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Fransiya OAV xabar bermoqda.

 "Keyingi kunlarda kasallikka chalinish holatlarining keskin o‘sishi xavotir uyg‘otmoqda. Bu barcha guruhlar va kantonlarga taalluqli", -deyiladi hukumat bayonotida.

Dushanbadan boshlab mamlakat aholisi yopiq binolarda, xususan cherkovlar, do‘konlar, kinoteatrlar, temir yo‘l stansiyalari, aeroportlarda hamda jamoat transportida niqob taqishlari majburiy.

Shuningdek, yangi cheklovlar ham joriy etildi. Jumladan, jamoat joylarida 150 kishidan ortiq guruh bo‘lib to‘planish taqiqlanadi. Hukumat fuqarolarga uydan turib ishlashni tavsiya etmoqda.

Qayd etilishicha, Shveytsariyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq sutkalik ko‘rsatkich o‘tgan haftadagiga nisbatan 150 foizga oshgan.

Worldometers portalining ma'lumotiga ko‘ra, Shveytsariyada pandemiya boshlanganidan buyon koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 74,4 mingdan ortiq holat qayd etilgan, 2,1 mingdan ortiq bemor vafot etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid