Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda har 10 xodimdan 9 nafari uyda ishlashni afzal ko‘rmoqda – tadqiqot
AQShning axborot texnologiyalari bo‘yicha yetakchi tashkilotlaridan biri Cisco o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, har o‘n odamning 9 nafari karantin cheklovlari yumshatilsa ham, uyda ishlashni afzal ko‘rmoqda.
Tadqiqotda Yevropa, O‘rta Sharq va Rossiyadan 10 ming odam qatnashgan. Ularning aksari uydan ishlaganda o‘zini mustaqil va ish unumdorligini yuqori his qiladi.
Pandemiya uydan turib ishlashga bo‘lgan munosabatni tezda o‘zgartirib yubordi. Tadqiqotga ko‘ra, unda qatnashgan har uch kishidan ikki nafari masofadan ishlashning afzalliklari va qiyinchiliklarini tushunib yetgan.
Tadqiqotda qatnashganlarning atigi 5 foizi karantin cheklovlaridan oldin uyda ishlagan. Lekin hozir 87 foiz xodim masofadan ofis sharoitini yaratgan holda ishlashni afzal ko‘radi.
Cisco vitse-prezidenti Gordon Tomsonning aytishicha, kompaniyalar o‘z ishchilarining yangi talablariga mos ravishda talablarni qayta tuzib chiqishlari kerak. Ishchilar ishda yoki ofisda ishlashidan qat'i nazar, texnologiyalar ular uchun qulay bo‘lishi va ma'lumotlarining xavfsizligini ta'minlay olishi kerak.
Bunday texnologiyalarga uy sharoitidagi ofisning yorug‘lik va issiqlik darajasini tekshiradigan sensorlar yoki ofisdagi xodimlarning niqobda bo‘lishi, ijtimoiy masofa saqlashini nazorat qila oladigan texnikalar kiradi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025