Jahon | 22:54 / 19.10.2020
4135
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda olti nafar rossiyalikka nisbatan xakerlik ayblovi e'lon qilindi

AQSh adliya vazirligi vakili ular Rossiya razvedka bosh boshqarmasining “amaldagi va sobiq xodimlari” ekanliklarini ma'lum qilgan.

Foto: Picture Alliance

AQShda 2017 yilda Notpetya virusi tarqalishiga aloqador olti nafar rossiyalikka nisbatan  xakerlik ayblovi e'lon qilindi. Bu haqda ABC News telekanali xabar bermoqda.

Ayblov xulosasiga ko‘ra, olti nafar rossiyalik Ukraina, Gruziyadagi barqarorlikni, Koreyadagi Olimpiada va Fransiyadagi saylovlarni izdan chiqarish chiqarish maqsadida kiberhujumlar uyushtirgan.

AQSh adliya vazirligi vakili ular Rossiya razvedka bosh boshqarmasining “amaldagi va sobiq xodimlari” ekanliklarini ma'lum qilgan.

Vashingtonning aniqlik kiritishicha, ayblanuvchilar razvedka bosh boshqarmasining 74455-bo‘linmasi tarkibiga kiradi.

Mavzuga oid