Atmocferaning yuqori qatlamida mobil antenna sinovdan o‘tkazildi
Yerda aloqadan uzoq bo‘lgan hududlarga ham mobil aloqa yetib borishi mumkin.
«Deutsche Telekom» Yer stratosferasida havo bazaviy stansiyasini sinovdan o‘tkazdi. Ushbu sinov mobil aloqa tarmoqlari mavjud bo‘lmagan yerning chekka hududlarini kelajakda aloqa bilan ta'minlashga umid beradi.
Germaniya va britaniyalik olimlarning ushbu sinovi 14 kilometrga uchuvchisiz ko‘tarilgan samolyot antenna orqali Yer ustidagi 4G tarmoqqa ulanishi mumkinligini isbotladi.
Havo bazaviy stansiyasi oldingi sinovida 100 kilomter uzoqda turib, yerdagi smartfon foydalanuvchisining ovozli va video qo‘ng‘iroqlarini qabul qilib, internetdan foydalana olgan.
«Biz bu bilan istalgan joyga tezkor internet va aloqani yetkaza olishni isbotladik», deydi «Deutsche Telekom» mutaxassisi.
Ushbu havo antennalari sun'iy yo‘ldoshlarga nisbatan tezkor va arzon bo‘lsa-da, ularni balandlikda saqlash dizayndagi muammolarni keltirib chiqaradi. Havo antennalarini ishga tushirishda vodorod yoqilg‘isidan foydalaniladi. Vodorod yoqilg‘isi ekologik xavfsiz bo‘lib, chiqindi sifatida faqat suv bug‘larini ajratadi.
Ushbu tajribani amaliyotda qo‘llash 2024 yilgacha vaqt olishi mumkin.
Mavzuga oid
17:19 / 24.07.2020
Yana «xizmat doirasidan tashqari»dagi qishloqlar haqida. Yechim shunchalik murakkabmi?
23:36 / 04.11.2019
O‘zbekistondagi 478ta aholi punktiga mobil aloqa yetib bormagan – Qahramon Yo‘ldoshev
12:07 / 05.01.2019
O‘zbekistonda mobil aloqa tarmog‘i kengaytiriladi
17:04 / 26.01.2018