Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada koronavirusni yuqtirib olish holatlari bo‘yicha yangi antirekord qayd etildi
Mamlakatda bir kunda aniqlangan yangi holatlar soni 16 mingga yaqinlashdi.
O‘tgan bir kun davomida Rossiyada koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 15 982ta yangi holat tasdiqlandi. Bu haqda «RBK» epidemiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Moskva tezkor shtabiga tayangan holda xabar berdi.
Pandemiya boshlanganidan beri kasallanganlarning umumiy soni 1 415 316 kishini tashkil etmoqda. Ulardan 1 075 904 kishi sog‘ayib ketgan, vafot etganlar soni 24 366 kishini tashkil etgan.
Bir kunda eng ko‘p kasallanganlar aniqlangan mintaqalar:
- Moskva - 5 376 kishi;
- Sankt-Peterburg - 686 kishi;
- Moskva viloyati - 466 kishi;
- Nijyegorod viloyati - 292 kishi;
- Rostov viloyati - 289 kishi.
Bir kun oldin tezkor shtab Rossiyada koronavirus bilan kasallanishning 15 099ta yangi holati haqida xabar berdi. Rasmiylar Rossiyada ikkinchi lokdaunning oldini olishga harakat qilishlarini bir necha bor ta'kidladi, buning uchun aholi sanitariya xavfsizligi choralariga rioya qilishi kerak.
Shu bilan birga, alohida hududlarda qo‘shimcha cheklovlar joriy etildi. Xususan, Tula viloyatida ommaviy tadbirlar ishtirokchilari soni 20 kishigacha cheklangan bo‘lib, Kurganda voyaga yetmaganlarning jamoat joyida kattalarsiz bo‘lishi taqiqlangan.
Moskvada ish beruvchilarga ayrim xodimlarini masofadan turib ishlashga o‘tkazish majburiyati qo‘yildi, shuningdek 6-11 sinf o‘quvchilari masofadan o‘qitishga o‘tkazildi. Bundan tashqari, transportda niqob va qo‘lqop kiyish ustidan nazorat kuchaytirildi, tungi klublarda telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tish joriy etildi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025